Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Isroil HAMAS bilan muzokaralarni tiklashga rozi bo‘ldi

Isroil HAMAS bilan muzokaralarni tiklashga rozi bo‘ldi

HAMAS G‘azo sektorida sulh tuzish uchun yangi taklif kiritganidan keyin Isroil Falastin guruhi bilan muzokaralarni davom ettirishga rozi bo‘ldi, deb xabar beradi Reuters.

Isroil razvedka xizmati «Mossad»ning rahbari Devid Barnea kelishuv tafsilotlarini, shu jumladan, HAMAS asirligidagi garovga olinganlarni ozod qilishni muhokama qilish uchun Qatarga bordi, deb aniqlik kiritdi The Times of Israel.

Isroil muzokaralar guruhidagi manba Reuters`ga kelishuvga erishish uchun «haqiqiy imkoniyat bor» ekanini aytdi. «HAMAS tomonidan ilgari surilgan taklif juda muhim jihatni o‘z ichiga oladi», — dedi agentlik suhbatdoshi.

Isroilning HAMAS taklifiga munosabati avvalgilaridan keskin farq qiladi, oldinlari Isroil rasmiylari guruh tomonidan ilgari surilgan shartlarni nomaqbul deb atardi, e’tibor qaratdi Reuters.

Kiritildi: 23:30 06.07.2024. O'qildi: 1229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!