Isroil Eronga hujum qilishning ikkinchi bosqichini boshlamoqda, bunda ballistik raketalar saqlanadigan yer osti bunkerlari nishonga olinadi. Bu haqda "Reuters" agentligi o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.
"Isroilning Eronga qarshi harbiy kampaniyasi ikkinchi bosqichga o‘tmoqda: qiruvchi samolyotlar yer ostining chuqur qatlamlarida joylashgan ballistik raketa majmualariga zarba berishni boshlaydi", — deyiladi nashr xabarida.