Isroil Mudofaa Kuchlari Eron va Livan poytaxti Beyrutdagi nishonlarga qarshi keng ko‘lamli hujumlar uyushtirdi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot kotibi e’lon qildi. Hujumlar Eron va Eron tarafdori harbiy infratuzilma bilan bog‘liq ob’ektlarga qaratilgan edi.
Shu bilan birga, Isroil kuchlari Bayrutning janubiy chekkasida joylashgan Livan “Hizbulloh” infratuzilmasiga hujum qilishdi.