Isroil armiyasi Eron hududi uzra urib tushirilgan qiruvchi samolyot va asirga olingan isroillik uchuvchi haqidagi ma’lumotni rad etdi.
Bu haqda TASS muxbiriga armiya matbuot xizmati vakili ma’lum qilgan.
“Isroil armiyasi Eron hududi uzra urib tushirilgan qiruvchi samolyot haqidagi ma’lumotni, shuningdek, uchuvchi asirga olingani haqidagi ma’lumotlarni rad etadi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
"Bu ma’lumot soxta", deya qo‘shimcha qildi u.