HAMAS Falastin harakati vakillari bilan G‘azo sektoridagi vaziyatni hal etish bo‘yicha bilvosita muzokaralarda qatnashgan Isroil delegasiyasi Qatar poytaxti Dohadan butunlay chaqirib olindi. Bu haqda "Al-Qohira al-Ixbariya" telekanali xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil "Dohadagi barcha muzokaralar delegasiyasini chaqirib olgan".
Telekanalning ta’kidlashicha, Isroil muzokarachilar guruhining barcha a’zolari, shu jumladan texnik masalalar bilan shug‘ullangan mutaxassislar ham istisnosiz ravishda qaytmoqda. Isroil hukumati "Dohadagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangani" sababli shunday qaror qabul qilgani qayd etilmoqda.