Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Isroil Bayrut janubiga yangi yirik hujum uyushtirdi

Isroil Bayrut janubiga yangi yirik hujum uyushtirdi

O‘tgan tunda Isroil Bayrutning janubiy qismiga yirik raketa hujumlarini uyushtirib, Hizbulloh infratuzilmasiga hujum qildi.

Reuters nashrining guvohlarga tayanib xabar berishicha, zarbalar kamida yarim soat davom etgan.

BBC nashrining Bayrutdagi muxbiri shahar ichida kamida oltita yirik portlash sodir bo‘lganini, ular orasida osmonda uchayotgan dronlarning ovozi eshitilganini xabar qildi. Nashr jurnalistining qayd etishicha, zarbalardan biri yoqilg‘i quyish shoxobchasiga teggan.

Isroil mudofaa kuchlari “Bayrut hududidagi Hizbulloh bilan bog‘liq nishonlarga hujum qilayotganini” tasdiqladi. Avvalroq SAXAL yaqinda beriladigan zarbalar haqida ogohlantirib, hududda qolgan aholini evakuasiya qilishga chaqirgan edi.

Bu oxirgi 24 soat ichida Hizbullohning tayanchi hisoblangan Bayrutning janubiy hududlariga Isroilning ikkinchi yirik hujumi bo‘lib, guruh bunga javoban Isroil hududi tomon raketalar otgan.

Kiritildi: Bugun 10:37. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!