Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Isroil armiyasi Livan janubidagi masjidga havo hujumi sodir etilganini tan oldi

Isroil armiyasi Livan janubidagi masjidga havo hujumi sodir etilganini tan oldi

❕ Livan janubidagi Bint Jubayl shahrida shahid Saloh Gandur nomidagi kasalxona yaqinidagi masjidga havo hujumi uyushtirildi, deyiladi Izaril armiyasi bayonotida.

Isroil armiyasi masjiddan Hizbulloh qarorgohi sifatida foydalanilganini da’vo qilmoqda.

Kecha tunda Livan janubidagi Bint Jubayl shahrida shahid Saloh Gandur kasalxonasi kampusi va uning atrofiga Isroilning hujumi oqibatida 9 nafar tibbiyot xodimi yaralandi.

Isroil-Livan chegarasida Isroil armiyasi va Hizbulloh o‘rtasida nazorat ostidagi to‘qnashuvlar 2023 yil 8-oktabrdan beri davom etmoqda.

2024 yil 23 sentyabrda Isroil havo kuchlari Livan janubidagi shaharlar, shuningdek, Bekaa vodiysi va Baalbek shahriga yuzlab zarbalar berdi.

Livan hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning 2023 yil 8-oktabrdan beri Livanga qilgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 2011 kishiga, jarohatlanganlar soni esa 9535 kishiga yetgan.

Isroil armiyasining 27 sentyabr kuni Bayrutga bergan zarbasi natijasida «Hizbulloh» harakati bosh kotibi Hasan Nastralla halok bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 15:51. O'qildi: 299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!