Isroil xavfsizlik kuchlari G‘arbiy Sohilda yangi qator tungi reydlar o‘tkazib, terrorchilikda gumon qilingan 25 kishini qo‘lga oldi.
Bu haqda armiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Bir kechada Isroil armyasi va Isroil polisiyasi kuchlari butun Yahudiya va Samariya bo‘ylab terrorizmga qarshi operasiyalar o‘tkazdi va qidiruvda bo‘lgan 25 nafar shaxsni qo‘lga oldi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, reydlar, xususan, Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi Baytlahm, Jenin va Xevron shaharlari hududida o‘tkazilgan.