Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Ispaniyada o‘rmon yong‘inlari 12 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Ispaniyada o‘rmon yong‘inlari 12 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Ispaniyadagi o‘rmon yong‘inida kamida 12 kishi halok bo‘ldi.

Yong‘in Almeriya provinsiyasidagi Los-Galyardos munisipalitetida sodir bo‘lgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yana olti kishi jarohat olgan. O‘lganlarning ba’zilari yonib ketgan mashinalarda topilgan.

Guvohlarning ta’kidlashicha, elektr uzatish liniyasining uzilishi yong‘inga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin, u tezda yaqin atrofdagi o‘rmonga tarqaldi. Rasmiylar yong‘in sababini hali rasman tasdiqlamagan.

Favqulodda xizmatlarning ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in tufayli yo‘llar yopilgan va taxminan 1000 nafar aholi evakuasiya qilingan.

Kiritildi: 10:55 10.07.2026. O'qildi: 989 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!