Ispaniyada joriy yilning may oyida haddan tashqari issiq tufayli 101 ta o‘lim qayd etilgan.
Bu haqda El Pais nashriga xabar bermoqda.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, bu bunday statistika saqlanganidan beri 11 yil ichida may oyidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, so‘nggi o‘n yillikdagi o‘rtacha may ko‘rsatkichlaridan uch baravar ko‘pdir.
2015 yildan 2025 yilgacha Ispaniyada jami 27 564 ta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, ularga haddan tashqari issiq sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.