Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ispaniyada koronavirus epidemiyasi boshlanishining kutilmagan versiyasi ma’lum qilindi

Ispaniyada koronavirus epidemiyasi boshlanishining kutilmagan versiyasi ma’lum qilindi

Ispaniyalik olimlar koronavirus o‘tgan yilning mart oyida tarqalishni boshlagan bo‘lishi mumkinligini aytishdi.

Barselona universiteti veb-saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra, tadqiqotchilar SARS-CoV-2ni 2019 yil 12 martida olingan shaharning oqava suvlaridan topishgan.

Ammo qayd etilishicha, 2018 yil yanvaridan 2019 yil dekabrigacha bo‘lgan boshqa suv namunalarida virus aniqlanmagan.

Ispaniya virusologiya jamiyati prezidenti Albert Boskaning so‘zlariga ko‘ra, dunyoning boshqa yirik shaharlarida ham xuddi shunday holat bo‘lishi mumkin. Uning fikriga ko‘ra, epidemiyadan oldin COVID-19 kasalligi bo‘lgan odamlarga gripp tashxisi qo‘yilgan.

Kiritildi: 22:36 27.06.2020. O'qildi: 2608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!