Ispaniyada ekstremal issiqlik oqibatida yoz boshidan beri 4 mingdan ortiq kishi vafot etdi. Bu haqda Cadena SER xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil iyun oyi boshidan avgustning birinchi yarmi yakuniga qadar mamlakatda yuqori harorat bilan bog‘liq 4061 ta o‘lim holati qayd etilgan.
"Iyun oyi boshidan avgustning birinchi yarmi oxiriga qadar 2026 yilda 4061 kishi vafot etdi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilning xuddi shu davrida Ispaniyada issiqlik oqibatida 2429 kishi vafot etgan edi.
Shu tariqa, joriy yilda ekstremal harorat bilan bog‘liq o‘lim holatlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1632 taga yoki qariyb 67 foizga ko‘paygan.