Ispaniya janubida ikki tezyurar poyezd to‘qnashib ketishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda EFE.
Agentlikning xabar berishicha, hodisa 18 yanvar kuni kechasi sodir bo‘lgan. Bir-biriga qarama-qarshi kelayotgan poyezdlardan biri relsdan chiqib ketgan va ikkinchisi kelib uni urib yuborgan.
Hodisada umumiy hisobda 100 kishi jarohatlangan bo‘lib, ulardan 25 nafarining ahvoli og‘irligi aytilmoqda.