Bugun 8 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Ispaniya terma jamoasi 2010 yildan beri eng yaxshi seriyani qayd etdi

Ispaniya terma jamoasi 2010 yildan beri eng yaxshi seriyani qayd etdi

Ispaniya terma jamoasi Angliyadan 0:7 hisobidagi og‘ir mag‘lubiyatdan keyin o‘zini oqlashga intilgan Xorvatiyani qiyinchilik bilan mag‘lub etdi. Bu g‘alaba jahon va Yevropa chempioni uchun ketma-ket o‘ninchi muvaffaqiyat bo‘ldi.

Ispaniyaning g‘alabali seriyasi jahon chempionati vaqtida, jamoa dastlabki turda Kabo-Verdeni mag‘lub eta olmaganidan keyin boshlangan.

Luis de la Fuente shogirdlari uchun bu 2010 yildan beri eng yaxshi g‘alabali seriya hisoblanadi. O‘sha yili Ispaniya terma jamoasi ketma-ket 12 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan edi.

O‘sha seriya 2010 yilgi jahon chempionatining birinchi o‘yinida to‘xtagan. Keyinchalik musobaqa g‘olibiga aylangan Ispaniya kutilmaganda Shveysariyaga mag‘lub bo‘lgan edi.

Kiritildi: 05:56 07.10.2026. O'qildi: 384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!