7 dekabr kuni futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogining 1/16 finali doirasida javob uchrashuvlari yakuniga yetdi.
Xususan, Madridning «Real» jamoasi o‘z maydonida «Melilla» klubini qabul qilib, 6:1 hisobida g‘alaba qozongan holda 1/8 finalga yo‘l oldi.
Bir kun oldin esa «Barselona» «Leonesa» klubini 4:1 hisobida yenggandi.
Shu tariqa 1/8 finalga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi.
1/8 finalga quyidagi jamoalar yo‘l oldi: