Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Ispaniya janubidagi o‘rmon yong‘inida 19 kishi bedarak yo‘qoldi

Ispaniya janubidagi o‘rmon yong‘inida 19 kishi bedarak yo‘qoldi

Ispaniyaning janubidagi Andalusiya mintaqasida yuz bergan yirik o‘rmon yong‘ini oqibatida kamida 19 kishi bedarak yo‘qoldi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, hodisada kamida 11 kishi halok bo‘lgan, yana to‘rt nafar og‘ir kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Andalusiya hukumati rahbari Xuan Manuel Moreno Bonilyaning aytishicha, halok bo‘lganlarning to‘rt nafari bir avtomobil ichida bo‘lgan. Shuningdek, yana bir qurbon bo‘lishi mumkinligi bildirildi.

Favqulodda vaziyatlar xizmati rahbari Antonio Sansning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning aksariyati chet el fuqarolari bo‘lgan. Ular uyda qolish haqidagi ogohlantirishga amal qilmay, avtomobillarda qochishga uringan. Ayrimlari esa transport vositalarini tashlab, piyoda qutulishga harakat qilgan.

O‘rmon yong‘ini Andalusiyaning Almeriya viloyatidagi Bedar qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Hozirda yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda, yo‘llar yopilgan va aholi xavfsiz hududlarga evakuasiya qilingan. Ispaniyada bu yoz havo harorati 40 darajagacha ko‘tarilgan.

Kiritildi: 16:59 10.07.2026. O'qildi: 1369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!