Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Ispan muhandislari havodan suv ola boshladilar

Ispan muhandislari havodan suv ola boshladilar

Ispan muhandislari havodan suv ola boshladilar. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, bu texnologiya qurg‘oqchil hududlar aholisini chanqoqlikdan qutqarishi kerak.

"Bizning maqsadimiz — qochqinlar lagerlari kabi ichimlik suvi bo‘lmagan joylarga yetib borish", — deydi Enrike Veyg. 82 yoshli muhandis 90-yillarda Ispaniyada kuchli qurg‘oqchilik paytida havodan suyuqlik olish tizimini ixtiro qilgan. Uning Aquaer kompaniyasi allaqachon Namibiya jamoalari va Livan qochqinlari yashaydigan joylarga toza suv yetkazib beradi.

Kompaniya asoschisi tan oldi, bu g‘oya nafaqat samarali, balki suv olish uchun kilometrlarni bosib o‘tishga majbur bo‘lgan odamlar uchun ham qulay qurilma yaratish edi. Aquaer qurilmalari kondisionerlar bilan bir xil prinsipda ishlaydi — ular havoni suvga aylanmaguncha sovitish uchun elektr energiyasidan foydalanadilar.

Kichik qurilmalar kuniga 50-75 litr, katta versiyalarda esa besh ming litrgacha ishlab chiqarish mumkin. Veyg texnologiyasining o‘ziga xosligi shundaki, bu qurilmalar havoni o‘ta yuqori harorat va past namlikda qayta ishlash qobiliyatiga ega. Masalan, ular havoni namligi 10 foizgacha bo‘lgan 40 graduslik issiqda suyuqlikni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 16:18 04.08.2021. O'qildi: 2326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!