Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Islomga qarshi: Makronni jiddiy ogohlantirishdi

Islomga qarshi: Makronni jiddiy ogohlantirishdi

Xizmatdagi fransuz harbiylari guruhi prezident Emmanuyel Makronga nafaqaga chiqqan hamkasblarining xabarini qo‘llab-quvvatlab, islomizmga beriladigan imtiyozlar mamlakat hayotiga tahdid solishi to‘g‘risida ogohlantirdi.

"Gap mamlakatimizning tinchligi haqida ketmoqda", deyiladi Valeurs Actuelles konservativ nashrida chop etilgan maktubda.

"Ular (iste’fodagi harbiylar) o‘z hayotlarini siz bizning yerimizda imtiyozlar berayotgan islomizmni yo‘q qilishga bag‘ishladilar", – deya qayd etishdi Makron va Fransiya vazirlar mahkamasiga yuborilgan maktub mualliflari.

Ommaviy axborot vositalari ushbu xat ortida qancha fransuz askarlari turgani va ularning saflari qandayligi aniq emasligini ta’kidlamoqda. Xayrixohlar xatga bemalol obuna bo‘lishlari mumkin.

Shu bilan birga, xabar mualliflari o‘zlarini 2015 yilgi hujumlardan so‘ng Fransiya boshlagan operasiyalarda bevosita ishtirok etgan harbiy xizmatchilarning yosh avlodi deb ta’rifladilar.

"Agar fuqarolar urushi boshlansa, harbiylar ularga ishonib topshirilgan hududda tartibni saqlaydilar. (...) Fransiyada fuqarolar urushi pishmoqda va buni siz (Makron) juda yaxshi bilasiz", – deb yozadi maktub mualliflari.

OAV eslatishicha, avvalroq shunga o‘xshash ogohlantirishlar bilan 20 nafar iste’fodagi fransuz generali va bir guruh ofiserlar ommaviy axborot vositalariga maktub yo‘llagan. Ushbu murojaat Fransiyada katta rezonansga sabab bo‘lgandi. Fransiya Bosh vaziri Jan Kasteks ushbu tashabbusni Fransiyaning ichki hayotiga qabul qilinmaydigan harbiy aralashuv va respublika tamoyillariga qarshi hujum deb atagan va Fransiya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Fransua Lekointr maktub mualliflarini jazolashga va’da bergandi.

Kiritildi: 15:03 10.05.2021. O'qildi: 11261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!