Islandiya aholisining mamlakatni Yevropa Ittifoqiga qo‘shish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga qarshi chiqishi Bryussel uchun jiddiy umidsizlik bo‘lishi mumkin.
Bu haqda Reuters agentligi yozmoqda.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Bryussel rasmiylari Islandiyani Yevropa Ittifoqi uchun «xavfi past davlat» sifatida baholaydi.
Reuters’ning yozishicha, Islandiyaning YEIga qo‘shilishi Ittifoqning kelgusidagi kengayishiga nisbatan mavjud shubha va skeptisizmni bir qadar yumshatishi mumkin edi.
Bundan tashqari, Islandiyaning a’zoligi Yevropa Ittifoqiga Arktika mintaqasidagi strategik pozisiyalarini mustahkamlash imkonini bergan bo‘lardi.