Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ishonasizmi? AQSh va Eron o‘rtasidagi mojaro yaqin orada hal bo‘ladi

Ishonasizmi? AQSh va Eron o‘rtasidagi mojaro yaqin orada hal bo‘ladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan bog‘liq mojaro yaqin vaqt ichida hal etilishini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, Eron endi AQSh uchun yadroviy tahdid tug‘dirmaydi. Tramp mojaro yakunlanganidan so‘ng neft narxlari ham pasayishini bildirgan.

«Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lish tahdidi endi yo‘q. Ular mag‘lub etildi. Mojaro tez orada yakunlanadi va shundan keyin neft narxlari tushadi», — dedi Tramp CBS Austin telekanali efirda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil iyun oyida AQSh Eronning yadroviy ob’ektlariga zarbalar bergan. Vashington Tehrondan yadroviy materiallarni topshirish va yadroviy qurol yaratish rejalaridan voz kechishni talab qilmoqda. Eron esa bunday niyatlari borligini rad etgan.

Kiritildi: 17:05 08.10.2026. O'qildi: 1116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!