Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Iroqdagi namoyishlar chog‘ida halok bo‘lganlar soni 30 kishiga yetdi (VIDEO)

Iroqdagi namoyishlar chog‘ida halok bo‘lganlar soni 30 kishiga yetdi (VIDEO)

Nufuzli shia bilimdoni Muqtad as-Sadrning siyosatdan ketishi munosabati bilan Bag‘dodda boshlangan norozilik namoyishlari va tartibsizliklar qurbonlari soni 30 kishiga yetdi. Bu haqda "Mehr" agentligi xabar bermoqda.

700 ga yaqin odam, jumladan, xavfsizlik kuchlarining 110 nafar xodimi yaralangan, deya xabar beradi agentlik.

Namoyishlar bir kun avval as-Sadr siyosatdan ketishini e’lon qilganidan keyin boshlangan. Keyin yuzlab odamlar iroqlik siyosatchilarning xorijlik hamkasblari bilan uchrashadigan asosiy joyi bo‘lgan Respublika saroyiga bostirib kirishdi. Shundan so‘ng Iroq hukumati butun mamlakat bo‘ylab komendantlik soati e’lon qildi, biroq poytaxtda ham, mamlakatning boshqa bir qancha mintaqalarida ham namoyishlar davom etdi.

Mamlakatdagi tartibsizliklar tufayli Emirates aviakompaniyasi seshanba kuni Bag‘dodga va undan barcha reyslarni bekor qildi va bunga “fuqarolik tartibsizliklari va komendantlik soati” sabab bo‘ldi.

Shuningdek, 29 avgust, dushanba kuni Eron Iroq bilan chegaralarini yopdi va Tehron yaqinida joylashgan Imom Xomayniy xalqaro aeroporti ayrim aviakompaniyalar Bag‘dodga parvozlarni bekor qilgani haqida bayonot berdi.

As-Sadr tarafdorlari bir necha haftadan beri Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan shia partiyalari yetakchiligidagi Muvofiqlashtiruvchi tuzilma bloki tomonidan Muhammad al-Sudaniyning bosh vazirlikka nomzodi ko‘rsatilishiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda.

So‘nggi parlament saylovlarida Sadr bloki eng ko‘p o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, raqiblar bilan koalisiyadan tashqari hukumat tuza olmadi.

Kiritildi: 13:52 30.08.2022. O'qildi: 2612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!