Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Iroq bosh vaziri Ali Zaydiyning Anqaradagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha bitimlarni imzolash marosimida kutilmagan hodisa yuz berdi. Iroq transport vaziri Veheb Salmon Muhammad delegasiyaning boshqa a’zolari bilan birgalikda “Taraqqiyot yo‘li” loyihasi bo‘yicha hujjatni imzolashdan bosh tortdi. Bu jarayon to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi.
Dastlabki uchta bitimdan so‘ng marosim yakunlangani e’lon qilingach, Erdo‘g‘an “Beshta bitim emasmidi?” deb so‘ragan. Shundan so‘ng, Iroq delegasiyasi o‘rtasida muhokama boshlangan. Iroq transport vaziri Veheb Salmon Muhammad “Taraqqiyot yo‘li” bilan bog‘liq memorandumga imzo chekmagani ayon bo‘lgan.
Vazirning bu harakati ehtimoliy siyosiy kelishmovchiliklar haqida savollarni keltirib chiqargan. Biroq keyinroq Iroq delegasiyasi a’zolari o‘rtasida qisqa muddatli tushunmovchilik yuzaga kelishiga texnik nosozlik sabab bo‘lgani xabar qilingan.
Iroq bosh vaziri Ali Zaydiy keyinchalik tarjimonga o‘girilib “Prezidentga ayting, unga imzolashni buyurdim”, degan. Shundan so‘ng, vazir imzolash stoliga kelib, Uralo‘g‘li bilan birgalikda ikki transport hujjatini imzolagan.
Ba’zi versiyalarga ko‘ra, Hasaniyning bu harakati ortida tashqi ta’sir turgan bo‘lishi mumkin. Xususan, unga Eron Tashki ishlar vaziri Abbos Aroqchi tomonidan WhatsApp orqali hujjatga qo‘l qo‘ymaslik haqida SMS-xabarnoma yuborilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Veheb Salmon Muhammad Eron bilan chuqur aloqalarga ega bo‘lgan “Badr” tashkilotining yuqori martabali vakillaridan biri hisoblanadi.