Iroq Suriyadan neft eksportini amalga oshirishda yordam so‘ragan. Bu Bag‘dodga Ho‘rmuz bo‘g‘ozini chetlab o‘tish imkonini berishi mumkin.
Bloomberg agentligi xabar berishicha, neft Suriya hududi orqali quruqlik yo‘li bilan O‘rta yer dengizidagi portlardan biriga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.
Suriya va Iroqning g‘oyasi neftni avtomobil transportida eksport qilishdan iborat. Ammo katta hajmdagi yuklarni bunday usulda tashish mumkin emas, hatto uzoq masofaga yuk tashuvchilarning butun karvonlarini jalb qilganda ham. Shunday ekan, aynan shu yetkazib berishlar jahon neft bozoriga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi,» - deya tushuntirdi Rossiya Federasiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti va Milliy energetika xavfsizligi jamg‘armasi eksperti Igor Yushkov.Uning so‘zlariga ko‘ra, tashabbus ko‘proq Damashqning Vashington nazorat qilayotgan Kirkuk-Baniyas neft quvurini tiklashda ishtirok etishdan manfaatdorligini anglatadi. Bundan tashqari, Suriya, ehtimol, AQSh loyihaga Iroqdan mablag‘ jalb qilishini kutmoqda.