Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

iPhone smartfonlari xavfsizlik tizimi kuchaytiriladi

iPhone smartfonlari xavfsizlik tizimi kuchaytiriladi

Kompaniya smartfonlarning operasion tizimiga o‘zgarishlar kiritmoqchi - qurilma bir soat davomida blokdan yechilmasa, u va kompyuter o‘rtasidagi USB orqali aloqa tugatiladi. Apple vakillari shu orqali iPhone egalarining shaxsiy ma’lumotlarini firibgar va jinoyatchilardan himoya qilmoqchi ekanini ma’lum qildi. 

Bundan tashqari, kompaniya hukumat smartfonlarni beixtiyor tortib olishi mumkin bo‘lgan mamlakatlarda yashovchi foydalanuvchilarning qurilmalarni qo‘llash xavfsizligiga e’tibor qaratmoqda. O‘zgarishlar iOS12 mobil operasion tizimida va iOS11'ning so‘nggi versiyalaridan birida amalga oshiriladi. 

Maqolada qator firmalar USB yordamida iPhone xavfsizlik tizimining parolni to‘g‘ri kiritishga urinishga nisbatan cheklovlarga tegishli sozlamalarini o‘zgartirish imkonini beruvchi uskunani ishlab chiqishayotgani qayd etilgan. Usul keng tarqalmoqda.

Manbaga ko‘ra, kompaniya mijozlarni xakerlar va firibgarlardan himoyalash uchun o‘zining har bir mahsuloti xavfsizlik tizimlarini mustahkamlamoqda. Kompaniya shuningdek huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi va ularning ishini qiyinlashtirish fikridan yiroq ekanini qo‘shimcha qilgan. 

Manba: kun.uz

Kiritildi: 21:02 14.06.2018. O'qildi: 1638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!