Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

iPhone odamlarning 3D-modelini yaratishni o‘rgandi

iPhone odamlarning 3D-modelini yaratishni o‘rgandi

Standard Cyborg dasturchilar guruhi Face ID kamerasi yordamida odamning virtual nusxasini yarata oladigan Capture dasturini taqdim etdi. Bu haqda Hi-Tech Mail.Ru xabar berdi.Dastur yuzning 3D modelini yaratish uchun iPhone X yoki XS va XR’da infraqizil nurdan foydalanadi. Shundan so‘ng dastur old kamera yordamida modelning teksturasini yaratadi. Buning uchun dasturni ishga tushirib, kamerani butun bosh bo‘ylab sekinlik bilan o‘tkazish kerak. Shu tariqa nafaqat odamlarni, balki har qanday ob’ektni skaner qilish mumkin.Hozircha dasturning odamlarni skanerlash sifati juda yomon, chunki telefonni bir xil ushlab turish qiyin va tasvir titraydi. Shunday bo‘lsa ham, boshqa ob’ektlarning modellari nisbatan yaxshiroq chiqadi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 07:00 12.12.2018. O'qildi: 1309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!