Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

iPhone 11 Pro Max bozorda tannarxidan ikki barobar qimmatga sotilmoqda

iPhone 11 Pro Max bozorda tannarxidan ikki barobar qimmatga sotilmoqda

TechInsights tahlilchilari Applening oxirgi smartfoni iPhone 11 Pro Max’ni mustaqil yig‘ib ko‘rdi va bu ularga 490.50$ga tushdi. Ushbu smartfon Applening rasmiy do‘konida 1099$ turibdi.

Yangi ayfonning eng qimmat qismi bu uning uchtalik kamerasi hisoblanadi. Uning bir donasi kompaniyaga 73.50 $ga tushadi. Qimmatliligi jihatidan ikkinchi komponent 6.5 dyummli, 2688x1242 pikseldagi AMOLED displeyi bo‘lib, uning bir donasi 66.50$ turadi.
Shu kabi jami tarkibiy qismlar qo‘shib hisoblanganda yangi iPhone 490.50$ turadi. Bu esa uning sotuv narxidan ikki barobar arzonroqdir.

Mutaxassislar faqat har bir detalning bozor narxini hisoblab chiqishgan. Bulardan tashqari ishchi kuchiga qilingan xarajatlar, mahsulot yetkazib berish (logistika), marketing tadqiqotlari, ilmiy tadqiqotlar, dasturiy ta’minot ishlab chiqish kabi xarajatlar ko‘zda tutilmagan.

Kiritildi: 06:35 16.10.2019. O'qildi: 1900 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!