Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Intel rahbari “ishdagi ishq” sababli o‘z lavozimini tark etdi

A A A
Intel rahbari “ishdagi ishq” sababli o‘z lavozimini tark etdi

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, Krjanich ichki tergov uning kompaniya xodimlaridan biri bilan yaqin aloqada bo‘lganini tasdiqlaganidan keyin iste’foga ketishga majbur bo‘lgan. Rahbarlarning xodimlar bilan ishqiy munosabatlarda bo‘lishi kompaniyaning qoidalariga zid hisoblanadi.  

Ayni vaqtda kompaniya Krjanich o‘rniga nomzod izlamoqda. The Verge’ning ta’kidlashicha, 1982 yildan beri Intel’da ishlab kelgan Krjanichning biografiyasi kompaniya saytidan o‘chirib tashlangan.

Manba: kun.uz
 

Kiritildi: 22:12 21.06.2018. O'qildi: 1966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik