Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Insultmi yoki qo‘rquv? Lukashenko uch kundan buyon jamoatchilik oldida ko‘rinmayapti

Insultmi yoki qo‘rquv? Lukashenko uch kundan buyon jamoatchilik oldida ko‘rinmayapti

Belorusiya prezidenti insultga chalindi, deb yozmoqda rossiyalik tarixchi Valeriy Solovey o‘zining “Facebook”dagi sahifasida.

"Lukashenko insultga chalindi. Hozir xitoylik shifokorlar uni davolashmoqda", deb yozdi tarixchi ikki soat oldin.

Ushbu ma’lumot hali tasdiqlanganu yo‘q. Biroq, Belorusiya rahbari ketma-ket uchinchi kun ommaga ko‘rinmayotganligi ma’lum.

Jurnalist Ivan Yakovinaning “YouTube”dagi kanalida ta’kidlashicha, TVda namoyish etilayotgan Aleksandr Lukashenko ishtirokidagi barcha lavhalar "konserva", ya’ni oldindan yozilgan blankalardir. "Rossiya Federasiyasidan olingan norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Lukashenko bir oy ichida ikkinchi gipertenziv inqirozini boshdan kechirgan - birdan qon bosimi ko‘tarilib, hatto mikroinsultga chalingan", - deydi Yakovina.

Jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, saylovlar oldidan Lukashenka olti kun davomida jamoatchilik nazaridan g‘oyib bo‘lgan. Keyin esa faqat bir martagina televizorda ko‘rinish bergan va o‘sha paytda ham uning salomatligida muammolar borligi yaqqol ko‘zga tashlangan.

Tomoshabinlar Lukashenkoning bitta qo‘lidagi bandajni ko‘rib qolishgan – shifokorlar esa, uning ostida kateter borligini ma’lum qilgan holda prezident qandaydir og‘ir xastalikka chalingan, degan xulosaga kelishgan.

Kiritildi: 00:00 14.08.2020. O'qildi: 6067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!