Bugun 7 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

«Inson chip bilan tug‘iladi»: Saakshvili Ukrainada davlatchilikni yo‘qligi haqida bayonot berdi

«Inson chip bilan tug‘iladi»: Saakshvili Ukrainada davlatchilikni yo‘qligi haqida bayonot berdi

Ukrainadagi hayot sifati ma’lum bir guruhga mansublikka bog‘liq”, – deb hisoblaydi siyosatchi.

Milliy islohotlar kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Mixail Saakashvili fikricha Ukrainada «davlat yo‘q» – bu yerda faqat Ukraina amaldorlari bor. Saakashvili bu haqda 26 iyun, juma kuni «Ukraina 24» telekanalida ma’lum qildi.

«Ukrainada umuman davlatni o‘zi yo‘q. Ukrainada faqat davlat nomidan ish yuritadigan amaldorlar bor. Chunki davlat – bu hamma uchun adolatni ta’minlaydigan, barchani himoya qiladigan davlat bo‘lishi kerak. Ukrainaning qayerida shular mavjud? Ukrainada bir to‘da amaldorlar bor, bu amaldorlar guruhining har birida o‘z xo‘jayini bor … Xo‘sh davlat qayerda? Shunchaki davlatni o‘zi yo‘q», – dedi Saakashvili.

Shuningdek, uning fikricha, Ukrainadagi turmush sifati ma’lum bir guruhga mansublik bo‘lish bilan bog‘liq ekan.

«Inson qulog‘ida chip bilan tug‘iladi: men shunday guruhning vakiliman. Inson oyoqlari, qo‘llari, ikki ko‘zlari bilan yuradi, normal tarzda muloqat qila oladi, ammo qulog‘ida chip bor, men shunday konkret guruhni ifodalaydigalardanman. Go‘yoki odamlar shu (chip) bilan tug‘iladilar» – dedi Gruziyaning sobiq prezidenti.

Ko‘rsatuv davomida suhbatni olib borayotgan «Ukraina 24» telekanali jurnalisti “ammo bu o‘sha Bil Geyts o‘ylab topgan chip emas”, deya piching bilan hazil qilib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, 7 may kuni prezident Vladimir Zelenskiy Mixail Saakashvilini Islohotlar Ijroiya qo‘mitasi raisi etib tayinladi. Undan oldin Vazirlar Mahkamasidagi lavozim – Bosh vazirning islohotlar bo‘yicha o‘rinbosarini lavozimga taklif qilish muhokama qilingan edi.

Kiritildi: 06:00 29.06.2020. O'qildi: 2295 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!