Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Infantinodan o‘smirlar turniriga bormaslik so‘raldi — FIFAdagi mojaro kuchaymoqda

Infantinodan o‘smirlar turniriga bormaslik so‘raldi — FIFAdagi mojaro kuchaymoqda

FIFA prezidenti Janni Infantinodan tashkilot atrofidagi mojarolar fonida Dominikan Respublikasida o‘tayotgan o‘smirlar turniriga tashrif buyurmaslik so‘raldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Infantino Dominikan Respublikasiga yetib borgan va u yerda mahalliy rasmiylar tomonidan kutib olingan. Biroq KONKAKAF prezidenti Viktor Montalyani FIFA rahbariga murojaat qilib, uning 14 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi musobaqada ishtirok etishi maqsadga muvofiq emasligini bildirgan.

«Futbol manfaatlarini inobatga olgan holda, tashrifingizni qayta ko‘rib chiqishingizni hurmat bilan so‘rayman. Afsuski, sizning ishtirokingiz yosh futbolchilarni rivojlantirishga qaratilgan ushbu muhim tadbirning sport ruhiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin», — deyiladi Montalyanining Infantinoga yo‘llagan maktubida.

Ma’lum qilinishicha, Infantino ushbu musobaqaga FIFAning Jahon chempionati bilan bog‘liq tijoriy huquqlarning bir qismini xususiy investorlarga berish rejasi oshkor bo‘lishidan avval taklif qilingan. Mazkur tashabbus futbol tashkilotlari orasida jiddiy noroziliklarga sabab bo‘ldi va keyinchalik Infantino rejadan voz kechdi.

Ayni paytda FIFA rahbariga nisbatan bosim kuchayib bormoqda. UYEFA, KONKAKAF va OFK rahbariyati tomonidan Infantinoning rejasi hamda tashkilot boshqaruviga oid masalalar keskin tanqid qilinmoqda.

Kiritildi: 20:37 22.08.2026. O'qildi: 289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!