Bugun Indoneziyaning Sulavesi orolida 6,3 balli zilzila ro‘y berdi. Oqibatda 34 kishi hayotdan ko‘z yumdi, 600ga yaqin inson jabrlandi. Bu haqda CNN xabar qildi.
Tabiiy ofat epimarkazi Majen shahridan shimoli-sharq tarafga 6 km. uzoqlikda qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, ushbu davlatda payshanba kuni ham yer qimirlagandi.
Mamlakat favqulodda vaziyatlar agentligining ma’lum qilishicha, ketma-ket zilzilalar natijasida hududlarda kamida uchta tuproq ko‘chishi sodir bo‘lgan, elektr ta’minoti uzilib qolgan. Ko‘priklarga zarar yetgan.