Indoneziyaning G‘arbiy Yava provinsiyasida yuz bergan ko‘chki oqibatida halok bo‘lganlar soni 48 nafarga yetdi. Qurbonlarning 30 nafarining shaxsi aniqlangan.
Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar agentligiga tayanib Antara agentligi xabar berdi.
Qolgan 18 nafar qurbonni aniqlash ishlari davom etmoqda. Qidiruv-qutqaruv ishlarini tezlashtirish uchun maxsus qutqaruv itlari ham jalb etilgan.