Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Indoneziyada erkakni onasining tobuti bosib qoldi (video)

A A A
Indoneziyada erkakni onasining tobuti bosib qoldi (video)

Indoneziyada bir erkak onasining dafn marosimida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Kabar News ma’lum qildi. 

Dafn marosimida bir necha erkak marhumaning tobutini yog‘och zina orqali maxsus supaga ko‘tarishayotganda, omonatgina zina buzilib, odamlar pastga tobut bilan birga yiqilib tushishgan. Tobut marhumaning 40 yoshli o‘g‘li ustiga tushgan.

Erkakning hayotini qutqarib qolishga urinishlar foyda bermadi. U shifoxonaga etmay jon bergan. Voqea oqibatida yana bir necha kishi jarohat olgan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 23:05 16.06.2018. O'qildi: 5630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik