Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Fransiyadagi saylovlar davrida X ijtimoiy tarmog‘ini vaqtincha taqiqlash tashabbusi bilan chiqqan, Fransiya prezidentligiga nomzod hamda «Ekologlar» partiyasi yetakchisi Marin Tondelyeni Fransiyaga xiyonat qilishda aybladi.
«Men uni Fransiyaga xiyonat qilgani uchun saylovlardan chetlatishni talab qilaman!» — deb yozdi Mask Tondelyening taklifi haqidagi xabarga izoh berar ekan X ijtimoiy tarmog‘ida.