Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ilon Mask dunyo boylari reytingida uchinchi o‘ringa chiqib oldi – “Bloomberg”

Ilon Mask dunyo boylari reytingida uchinchi o‘ringa chiqib oldi – “Bloomberg”

Ekspertlarning fikriga ko‘ra, dushanba kuni Tesla va SpaceX asoschisining boyligi 111,3 milliard dollardan oshdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra Mask, 110,5 milliard dollarlik aktivlarga ega bo‘lgan Facebook asoschisidan o‘zib ketdi.

Ikkinchi o‘rinni 125 milliard dollar bilan Amerikaning Microsoft korporasiyasi asoschisi Bill Geyts egallagan bo‘lsa, birinchi o‘rinni dunyodagi eng yirik Internet savdo do‘koni asoschisi Jeff Bezos yegallab turibdi. 

 

“Bloomberg” uning boyligini 200 milliard dollarga baholamoqda. 

“Bloomberg”ning ta’kidlashicha, Maskning boyligi o‘sishining asosiy omili Tesla aksiyalari narxining keskin ko‘tarilishi bo‘lgan. 

Agentlikning hisob-kitoblariga ko‘ra, yil boshidan buyon kompaniya aksiyalari qiymati 475 foizga oshdi va kompaniya asoschisi 76 milliard dollarga boyidi.

Tesla 2003 yilda Mask tomonidan tashkil etilgan. Dastlab u Tesla Motors deb nomlangan, keyinchalik Tesla deb o‘zgartirilgan.

Dastlab kompaniya faqat elektr transport vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ammo keyinchalik u quyosh batareyalari va boshqa energiya saqlash tizimlarini yaratishga kirishgan.

Kiritildi: 14:58 01.09.2020. O'qildi: 2239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!