Ko‘pchilik sayyohlar parvozning katta qismida o‘zlarini kitob mutolaasi, filmlar tomosha qilish va uxlash bilan band qilishga harakat qilishadi. Odatda tomosha qiladigan manzara bo‘lmaydi. Bu bekor gap, chunki quyidagi reyslarda ko‘zingizni illyuminatordan ololmaysiz.
Frankfurt – Keyptaun
14 soatlik parvoz ko‘p kuch oladi. Biroq Janubiy Afrika shahrini yuqoridan turib bir qarashning o‘ziyoq uni qayta tiklaydi. Bo‘g‘oz, qal’a, tog‘, qirg‘oqbo‘yi – qo‘nishdan oldin bahramand bo‘lish zarur bo‘lgan manzara.
Dubay – Gonkong
7 soatlik parvoz osmonga bo‘y cho‘zgan hashamatli osmono‘par binolar manzaralari bilan tugallanadi. Osiyo megapolisini o‘rab turgan bo‘g‘oz va chiroyli tog‘lar ham undan qolishmaydi.
Albukerke – Las-Vegas
Bor-yo‘g‘i bir soat davomida shunaqa ko‘p go‘zal manzaraga guvoh bo‘lish mumkinki, ushbu parvoz hech qachon yodingizdan chiqmaydi. Siz nafaqat Grand-Kanyonga yetib kelasiz, balki Mid ko‘li, Guver to‘g‘oni va neon chiroqlari vodiysidan zavq olasiz.
Dubay – San-Fransisko
18 soatlik parvoz kishini holdan toydiradi deb o‘ylaysizmi? Bo‘lmagan gap! Yo‘lning boshlanishida Burj Xalifaga bir nazar tashlang – bu eng katta minora balandligi bo‘yicha dunyoda tengi yo‘q sanaladi. Keyin sizni Shimoliy qutb kutadi, qo‘nishdan biroz avval esa – Transamerika.
Gonkong – Bali
Afsus, pastdagi go‘zal manzarani har doim ham ko‘rib bo‘lmaydi. Biroq agar bunga muvaffaq bo‘lsangiz, g‘aroyib daryo va qishloqlar ko‘rinishi sizni befarq qoldirmaydi.
Moskva – Nyu-York
10 soat davomida butun Yevropa, Atlantikani tomosha qilish va Amerika timsoli bo‘lgan shaharga qo‘nish? Oson!
Manba: xabardor.uz