Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi kutilmoqda

Mirziyoyev va Aliyevning iyun oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmaga tashrifi kutilmoqda.
Iyun oyida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda bugun O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ilhom Aliyevning tashrifi munosabati bilan iyun oyida O‘zbekistondagi vakolatli organlar tomonidan oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Ko‘rgazmaga O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlarining tashrifi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, bu Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning oxirgi 11 yillikda O‘zbekistonga amalga oshirayotgan ilk tashrifi hisoblanadi. Aliyev oxirgi marta O‘zbekistonga 2010 yil 27 sentyabrda tashrif buyurgan.

Kiritildi: 22:46 16.06.2022. O'qildi: 2546 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!