Berlinning Fridrixshayn tumanida Ikkinchi jahon urushi davridagi bomba zararsizlantirildi, deb xabar berdi Berlin polisiyasi.
“Berlin jinoyat departamenti mutaxassislarimiz ikkala detonatorni olib chiqib, joyida portlatib yuborildi”, — deyiladi TASS xabarida.
Qayd etilishicha, portlovchi qurilma zararsizlantirilgan va olib ketilgan.
2021 yil 8 fevralda Berlin Bosh prokuraturasi turar-joy binosi hovlisida portlash sodir bo‘lganidan keyin 29 yoshli erkak hibsga olinganini ma’lum qilgandi.