Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ikkinchi jahon urushi: Amerika yana Rossiyani “erga urdi”

Ikkinchi jahon urushi: Amerika yana Rossiyani “erga urdi”

AQSh vise-prezidenti Mayk Pens Quddusdagi Xolokost qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan forumda nutq so‘zlab, Osvensimdagi konslager haqida gapirganda, uni sovet askarlari ozod qilganini eslatmadi. Amerikalik “harbiy xizmatchilar” deya ta’kidladi, xolos.

Pensning ta’kidlashicha, “askarlar” 1945 yil 27 yanvarda Osvensim darvozasini ochganlarida 7 ming mahbusni topishgan, deydi “utro.ru”.

Moskvaning fikriga ko‘ra, Vashington shu tariqa AQShni Ikkinchi Jahon urushining asosiy g‘olibi ekanligini tushuntirib, shu bilan Yevropaning yarmini fashistlardan ozod qilishda Qizil Armiyadan ko‘ra ko‘proq ish qilishganini ta’kidlamoqchi.

"Ular hech qachon Sovet Ittifoqining asosiy g‘olib maqomini tan olishmaydi. Amerika Qo‘shma Shtatlari nuqtai nazarida Ikkinchi Jahon Urushida asosiy rolni Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘ynagan", deya ta’kidladi Moskva davlat universiteti siyosiy ishlar fakulteti dosenti, siyosiy masalalar doktori Aleksey Fenenko ushbu bayonotdan so‘ng.

Kiritildi: 21:46 25.01.2020. O'qildi: 8712 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!