Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

IIV Toshkentga kelgan "tabib Ali Maxmus Hasan" haqida bayonot berdi

IIV Toshkentga kelgan "tabib Ali Maxmus Hasan" haqida bayonot berdi

IIV Toshkentga kelgan "tabib Ali Maxmus Hasan" haqida bayonot berdi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentga mashhur tabib Ali Maxmus Hasan keldi” nomli turli hil ma’lumotlar tarqalmoqda.

Mulla Mahmud Hasan ismli shaxs muqaddas Qur’on oyatlarini o‘qigan holda tibbiyotda davolash imkoni bo‘lmagan (falaj, ko‘zi ojiz) kasalliklarni davolaganligiga oid ma’lumotlar tarqatib, tarmoq foydalanuvchilarining e’tiborini o‘ziga tortib kelmoqda.

Ushbu video tarmoq foydalanuvchilari orasida keng muhokamalarga sabab bo‘lib, shov-shuvga aylanib borayotgan, fuqarolarni tez to‘planib qolishiga olib kelayotgan holatlari kuzatilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, sizdan mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarga ishonmasliklaringizni hamda karantin qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz", deyiladi bayonotda.
 

Kiritildi: 15:43 05.04.2021. O'qildi: 7288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!