Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

IIV odam o‘g‘irlashning yangi usuli haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirdi

IIV odam o‘g‘irlashning yangi usuli haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Surxondaryo viloyati Ichki Ishlar Boshqarmasi. DIQQAT! deb boshlanib, bir qancha grammatik xatoliklar bilan tarqatilgan e’lon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoki Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tayyorlanmaganligini ma’lum qilamiz.


Hozirgi kunda soxta e’lon tarqatish bilan shug‘ullangan ijtimoiy manbalarni aniqlash yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Hurmatli fuqarolar! Turli ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan soxta xabarlarga ishonmang. Aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni faqatgina rasmiy manbalardan olishingiz mumkin.

asr.uz

Kiritildi: 13:59 19.03.2019. O'qildi: 1488 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!