Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

IIBda so‘roq qilingan shaxs nega vafot etgani ma’lum bo‘ldi

IIBda so‘roq qilingan shaxs nega vafot etgani ma’lum bo‘ldi

IIV huzuridagi Tergov departamenti Bulung‘ur tumanidagi IIB JQB xizmat xonasida sog‘lig‘i yomonlashib vafot etgan shaxs yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, 16 noyabr kuni fuqaro N.J.  tuman IIB boshlig‘i nomiga, “O” ismli shaxs marixuana giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda sotish bilan shug‘ullanayotganligini, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan.

O‘sha kuni soat 13:30 larda Bulung‘ur tuman IIB JQB xodimlari tezkor tadbird o‘tkazgan. Unda fuqaro O.R. 150 000 so‘m evaziga N.J.ga vazni 3,71 gramm marixuanani sotgan vaqtida ushlanib, yonidan vazni 0,78 gramm marixuana va 150 000 so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan shu kunning o‘zida Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.R.ga nisbatan ayblov e’lon qilingan va qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov davomida N.J. tergovga olib kelinmagan va jinoyat ishi yuzasidan so‘roq qilinmaganligi aniqlangan.

16 noyabr kuni N.K.Djabbarov Bulung‘ur tumani IIB JQB xizmat xonasida birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida sog‘lig‘i yomonlashib, qon bosimi ko‘tarilishi va yurak xuruji bilan Tez tibbiy yordam mashinasida Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga olib borilgan hamda shu yerda vafot etganligi ma’lum bo‘lgan.

“Sud tibbiy ekspertizasining ma’lumotiga ko‘ra, N.J.ning tanasida tan jarohatlari aniqlanmaganligi, dastlabki sud tibbiy tashxisi – o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi, koronarokardioskleroz, yurakning ishimik kasalligi ekanligi aniqlangan”, - deyiladi xabarda.

Hozirda N.Jning vafot etganligi holati yuzasidan Bulung‘ur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va tegishli ekspertiza tayinlangan.

 

Kiritildi: 16:43 19.11.2019. O'qildi: 3424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!