Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

IIBB xodimlari “Malika” bozorida reyd o‘tkazishdi

A A A
IIBB xodimlari “Malika” bozorida reyd o‘tkazishdi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi “Malika” nomi bilan mashhur bo‘lgan buyum bozorida IIV maxsus kuchlari yurgani aks etgan videolar tarqaldi.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ushbu holat yuzasidan izoh berdi.
“Shayxontohur tumanida IIBB xodimlari tomonidan “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi ijrosi doirasida hamda jamoat tartibini ta’minlash, jinoyatlarning oldini olish, giyohvandlik vositalari tarqalishiga barham berish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda”, - deyilgan bayonotda.

Kiritildi: 19:14 18.09.2021. O'qildi: 3580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik