Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

IIB xodimi «o‘z vaqtida ishini eplab qo‘ygani» aytildi

A A A
IIB xodimi «o‘z vaqtida ishini eplab qo‘ygani» aytildi

Hozirgina Jomboy tongi gazetasining telegramdagi kanaliga asoslanib, Profession de fua . IIB xodimi o‘n kunda eplolmagan ishni shifokor o‘n daqiqada uddaladi sarlavhali xabarni chop etdik. Endi esa Jomboy tuman Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ushbu xabarga bildirilgan munosabatni e’tiboringizga havola qilamiz.

Kecha Jomboy tongi gazetasi telegram kanalida e’lon qilingan IIBning o‘n kunlik og‘ir vazifasini shifokor o‘n daqiqada uddaladi! sarlavhali maqolani o‘qidik. Xabarda keltirilgan ma’lumotlarga javoban quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Haqiqatan ham joriy yilning 20 mart kuni taxminan soat 20:30 larda Jomboy tuman Qoramo‘yin MFY hududidan o‘tuvchi M-39 Olma Ota-Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining 1064 kilometrida avtohalokat sodir bo‘lgan. Haydovchi X.A. Lasetti rusumli avtomashinasi bilan yo‘lning qatnov qismidan o‘tib ketayotgan piyodani urib yuborgan. Natijada piyoda turli darajadagi tan jarohatlari bilan Jomboy tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Berilgan ma’lumotnomaga asosan, uning tanasida qo‘shma jarohat, YOKST, bosh miya lati, pastki jag‘ning sinishi, chap umrov suyagining yopiq sinishi kabi jarohatlar mavjudligi ko‘rsatilgan.

Voqea joyiga Jomboy tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi, katta leytenant E. Shamsiyev, tuman IIB EKG eksperti G‘. Do‘stov, tuman IIB xodimlari A. Bozorov va M. Husenov chiqqan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ayol jinsiga mansub noma’lum shaxs Urgut tumani Pochvon qishlog‘ida yashovchi M.S. ekanligi aniqlangan.

M.S. muloqotga kirisha olmayotgani sababli bu haqda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan M.S.ning katta onasiga tegishli bo‘lgan telefon raqamiga 25 mart kuni xabar berilgan.

Hozirgi vaqtda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Vohid MUXTAROV,
tuman IIB tergov bo‘limi boshlig‘i, mayor

Kiritildi: 12:23 02.04.2019. O'qildi: 2036 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik