Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

IIB xizmat xonasida 1 mln so‘m pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

IIB xizmat xonasida 1 mln so‘m pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida 2018 yil 12 sentyabr kuni ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodim o‘z rahbariga axborot berib, unda 11 sentyabr kuni Nukus shahrida yashovchi, xususiy tadbirkor A.O. Qozog‘iston Respublikasidan “Olmaota-Nukus” yo‘lovchi poyezdida olib kelgan, umumiy qiymati 6 mln. so‘mlik kiyim-kechaklarni bojxona teshiruvidan yashirin ravishda olib o‘tayotganida ushlanganligi yuzasidan to‘plangan hujjatlarni bojxona boshqarmasiga yubormasdan ijobiy hal qilib berish evaziga unga pora sifatida 1 mln. so‘m pulni pora sifatida taklif qilayotganligini ma’lum qilgan.

Ushbu axborot yuzasidan 2018 yilning 12 sentyabrida ichki ishlar va prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro A.O. xodimning xizmat xonasida unga 1 mln. so‘m pulni pora sifatida berayotganida qo‘lga olingan. Holat yuzasidan fuqaro A.O.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: uznews.uz

Kiritildi: 11:56 16.09.2018. O'qildi: 1502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!