Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

IIB tikuvchilarni jiddiy ogohlantirdi

A A A
IIB tikuvchilarni jiddiy ogohlantirdi

2021 yil 4 fevral kuni IIV O‘z Xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan olingan ma’lumotga asosan, Kattaqo‘rg‘on shahri hududida joylashgan 7-son Tergov hibsxonasi atrofida ichki ishlar organlari xodimlarining dala kiyimini kiyib olgan shaxs IIB xodimlarida shubha uyg‘otganligi sababli undan xizmat guvohnomasini taqdim etish so‘ralganida, u xizmat guvohnomasi yo‘qligini bildirgan.

Holatga oydinlik kiritish maqsadida fuqaro Kattaqo‘rg‘on shahar IIBga olib borilib, shaxsiga aniqlik kirildi.

Ushbu shaxs Narpay tumani “Chaqar” mahallasi, “Chaqar” qishlog‘ida yashovchi, 1997 yil tug‘ilgan Shaxzod Maxmudov ekanligi, egnidagi ichki ishlar organlarining dala harbiy kiyimini taxminan 2 oy oldin 240 ming so‘m evaziga tiktirib olganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar IIB HPB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, SH.Maxmudovning ustida bo‘lgan harbiy dala kiyimi xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olinib, uning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 209-1-moddasi (Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish)da ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlik alomati aniqlanganligi sababli unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudiga yuborildi.

Hozirda ushbu shaxsning harakatlari yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyati IIB huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kiyim-boshlarini tikish bilan shug‘ullanadigan tikuvchilarni ogohlantiradi!

Xizmat guvohnomasini ko‘rsatmagan yoki Kadrlar bilan ishlash xizmati tomonidan tegishli xatlarni taqdim etmagan shaxslarga huquqni muhofaza qiluvchi organlarning maxsus kiyim-boshlarini tikib bermang!

Kiritildi: 15:15 10.02.2021. O'qildi: 8130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik