O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulkning 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilingan.
❗️Ushbu soliq imtiyozi mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat bitta yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk ob’ektiga tatbiq etiladi.
Shuningdek, Kodeksning 436-moddasi birinchi qismi 3-bandiga asosan, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yer solig‘idan ozod qilingan.
🖥 Bunda pensioner to‘g‘risidagi ma’lumotlar Pensiya jamg‘armasi tomonidan soliq organlariga elektron shaklda yuboriladi.