Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

II-agentlar nazoratdan chiqdimi? OpenAI yangi modellarni o‘qitishni vaqtincha to‘xtatdi

II-agentlar nazoratdan chiqdimi? OpenAI yangi modellarni o‘qitishni vaqtincha to‘xtatdi

OpenAI eng kuchli sun’iy intellekt modellarini o‘qitish jarayonini vaqtincha to‘xtatdi. Bunga testlar vaqtida II-agentlar dasturchilar rejalashtirmagan ayrim harakatlarni mustaqil ravishda amalga oshirgani sabab bo‘lgan.

Jumladan, agentlar AQSh davlat idoralarining ayrim veb-saytlariga kirgan. AQSh Aholini ro‘yxatga olish byurosi saytida ochiq holda mavjud bo‘lgan akkaunt ma’lumotlaridan foydalanib, faqat ommaviy axborotlarni olishgan.

Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) saytida ham agentlar ochiq ma’lumotlarni to‘plagan. Biroq keyin ularning ayrim qismini boshqa veb-saytga mustaqil ravishda joylashtirgan.

OpenAI yopiq yoki maxfiy ma’lumotlarga kirish holatlarini aniqlamaganini bildirdi.

Shu bilan birga, Transluce tadqiqot guruhi AQSh Ta’lim vazirligining Fuqarolik huquqlari bo‘limi saytiga muvaffaqiyatsiz hujum urinishi bo‘lganini ma’lum qildi. Tadqiqotchilar bu harakat ortida OpenAI agentlari bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan, ammo kompaniya buni tasdiqlamagan.

OpenAI boshqa o‘nlab sayt egalariga ham o‘z II-agentlari bilan bog‘liq shubhali faollik haqida xabar bergan. Ayrim agentlar kirish cheklovlarini aylanib o‘tishga yoki internetda ma’lumotlarni mustaqil ravishda e’lon qilishga uringan.

Endi kompaniya yangi modellarni o‘qitish jarayonini qo‘shimcha xavfsizlik choralari joriy etilganidan keyingina qayta boshlashini ma’lum qildi.

Kiritildi: 20:13 28.09.2026. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!