Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ibodatlarni oshkor qilish riyoga kiradimi?

Ibodatlarni oshkor qilish riyoga kiradimi?

— Men imkon qadar ibodatlarimni pinhona qilishga harakat qilaman, riyo bo‘lib qolmasin, deyman. Ko‘pchilik ichida ham “men namoz o‘qiyman”, deyishga iymanaman. Lekin bir qarindoshim namoz o‘qishini ko‘pchilik orasida baralla aytadi, ko‘p yolg‘on so‘z aralashtirishi sezilib turadi. Bu gunoh emasmi?

— Ibodatlarning eng afzali maxfiy qilinganidir. Chunki bunday amal riyodan uzoq bo‘ladi. Ammo toatni oshkor qilishdan odamlarga yaxshilikni targ‘ib qilish, ularga namuna bo‘lish niyat qilinsa, bunday amal ham afzal hisoblanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Maxfiy qilingan ish oshkora qilingan ishdan afzal, agar oshkora qilingan ish unga ergashishlari uchun qilingan bo‘lsa, u afzaldir”, dedilar (Hakim Termiziy rivoyati).

Alloh taolo banda qilayotgan barcha ishlarni ko‘rib, bilib turadi. Muhimi, niyat xolis Alloh uchun bo‘lsin. Zero, ulamolar: “Odamlar uchun amalni tark qilish riyo va odamlar uchun amal qilish shirk”, deyishgan.

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 05:30 20.01.2021. O'qildi: 2830 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!