Janubiy Koreya kompaniyalari Rossiyadagi faoliyatini qayta tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi The Korea Times.
Nashrning yozishicha, tinchlik muzokaralari fonida Hyundai, LG va Samsung kompaniyalari Rossiya bozoriga qaytish istiqbollarini o‘rganmoqda. Kompaniyalar buni strategik ahamiyatga ega deb bilishadi, ayniqsa, AQSh import bojlari joriy etilganda.
LG Electronics allaqachon Moskva viloyatidagi zavodida ishlab chiqarishni qisman qayta yo‘lga qo‘ygan va buni uskunaga texnik xizmat ko‘rsatish zarurati bilan izohlagan.
Biroq, yakuniy qaror sanksiyalarni bekor qilish muddati va hajmiga bog‘liq bo‘ladi, dedi Koreya konglomeratlaridan biri vakili.